Janubiy Koreyada birinchi marta ayol kishi prezidentlikka saylandi

Janubiy Koreyada o‘tgan prezidentlik saylovlarida qatnashgan saylovchilarning 90 foiz ovozi sanab bo‘linganidan so‘ng “Senuri” konservativ partiyasi raisi Pak Kin Xe g‘olib bo‘lgani aniq bo‘ldi.

Muxolifatdagi Birlashgan demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Mun Chje In saylovda yutqazganini rasman tan oldi.

Pan Kin Xe xonim 60 yoshda. U 1961-79 yillarda Jamnubiy Koreyani “temir changalida” boshqargan diktator Pak Chon Xinning qizi.