O‘zbekistonda benzin 40 so‘mga qimmatladi

Bugundan boshlab O‘zbekistonda 1 litr benzin va dizel yonilg‘isining narxi 40 so‘mga qimmatladi.

Bunga avtomobil yonilg‘isidan foydalanganlik uchun soliq to‘lovi oshirilgani sabab bo‘ldi.

Prezident Islom Karimovning 25 dekabrdagi farmoyishida 1 litr yonilg‘i uchun soliq to‘lovi 240 so‘m qilib belgilangan edi.

Endilikda 1 litr Ai-80 markasidagi benzin narxi, yangi soliqni hisobga olganda, 1645 so‘m, Ai-91 1810 so‘m, Ai-95 esa 1995 so‘mni tashkil etadi.

Ayni paytda mamlakatning deyarli barcha hududlarida benzin taqchilligi kuzatilmoqda.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, yangi yil arafasida davlatga qarashli AYoQShlarda benzin cheklangan miqdorda sotilgan.