Maydonga yugurib chiqqan muxlis Messi boshini o'pdi

Lionel Messi 2009, 2010, 2011 va 2012 yillarda olgan Oltin to'plari bilan. Oltin to'p FIFA tarafidan dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladi.

Argentina va Shvetsiya futbol terma jamoalari o'rtasida 6 fevral kuni o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi argentinalik hujumchi Lionel Messi uchun esda qoladigan bo'ldi.

3:2 hisobida argentinaliklarning qoli baland kelgan o'yin 89-daqiqasida Messi ismi yozilgan "Barselona" futbol klubi kiyimidagi muxlis maydonga to'satdan yugurib chiqdi.

Styuardlar payqamay qolgan muxlis argentinaliklar sardori Messi oldiga yugurib bordi va uni boshidan o'pib, sochini qo'polgina silab qo'ydi.

http://www.youtube.com/embed/7LauVeU_5kQ?feature=player_embedded

Muxlislarning bunday harakatlariga ko'nib qolganmi, o'yinchi Messi muxlis "Messi" harakatlariga e'tiroz bildirmadi.

Voqeadan so'ng maydonga chiqqan muxlis stadion xodimlari tarafidan olib ketildi.

3:2 hisobida Argentina g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda qatorasiga to'rt karra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tanlangan Lionrl Messi gol urmadi.