AQSh senatoriga zaharlovchi modda solingan xat yuborildi

Senator Rojer Uiker

Ritsin toksini deya taxmin qilinayotgan zaharli modda solingan konvert Missisipi shtati senatori Rojer Uikerga yuborilgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, xatdagi zaharlovchi modda Senat tashqarisida aniqlangan.

Odatda AQSh Kongressiga yuborilgan korrespondentsiya dastlab chetda tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Ayni damda xatni kim yuborganili bo‘yicha aniq ma‘lumot yo‘q.