Samarqandda talabalar kunlik paxtaga chiqarilmoqda

29 oktabrdan boshlab Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlari talabalari kunlik paxta terimiga chiqarilmoqda.

Bunda talabalar ertalabdan institut binosiga to‘planib¸ avtobuslarda tumanlarga tarqab ketishadi. Kechga yaqin 5-6 lar atrofida yana avtobuslar bilan institutga qaytishadi.

Dalalarda paxta kam¸ deyarli yo‘q. Shunga qaramasdan paxta plani kishiga 25 kilogram.

Bunday safarbarlik 10 kun davom etishi rejalashtirilgan.