Rim Papasi: Biror din haqorat qilinmasligi kerak​

Parijdagi terror hujumi haqida so‘zlagan Rim Papasi Frensis hech kim “parvardigor nomidan boshqa birini o‘ldirishi mumkinmas”, deya ta‘kidladi. Ayni paytda so‘z erkinligining chegarasi bor, degan Rim Papasi: “Har bir dinning o‘z qadr-qimmati bor”, “biror kishi boshqalar e‘tiqodini provokatsiya qilishi, haqorat qilishi, masxara qilishi mumkin emas” deya urg‘uladi.

7 yanvar kuni Parijda Charlie Hebdo satirik jurnaliga uyushtirilgan terrorga munosabati so‘ralganida, Rim Papasi Frensis biror din nomidan odam o‘ldirish hech bir dinga oid emasligini urg‘uladi.

Assossiated Press agentligining xabar qilishicha, Shri Lankadan Fillipinga sayohat qilayotgan Rim Papasi 15 yanvar kuni bu borada jurnalistlarda yig‘ilib qolgan savollarga 45 daqiqa davomida javob bergan.

O‘z bayonotida papa Frensis diniy erkinlik va so‘z erkinligi insoniyatning “fundamental huquqlaridandir” deb ta‘kidladi:

Biror kimsa boshqa birining dini nomidan, ya‘ni Parvardigor nomidan boshqalarni haqorat qilishi, urush chiqarishi yoki qotillik qilishi mumkin emas. Parvardigor nomidan birini o‘ldirish insoniylikka yotdir”, deya papadan iqtibos keltirdi AP agentligi.

Ammo, bu bayonoti davomida papa asosiy e‘tiborni so‘z erkinligining sui‘stemol qilinishiga qaratdi:

Biror kimsa boshqalar e‘tiqodini provokatsiya qilishi, haqorat qilishi, masxara qilishi mumkin emas. Bu o‘rinda so‘z erkiligida chegara bo‘lishi lozim. Chunki har bir din qadr-qimmatga ega”, dedi, jumladan, Rim papasi.

Ayni paytda jurnalistlar undan o‘z hayotiga tahdid qilgan islomiy ekstremistlarga munosabatini so‘radilar:

Bun holda javob berishning eng yaxshi yo‘li yumshoqlik bilan javob berishdir”, dedi papa.

Global iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlardan aziyat chekayotgan odamlarga yordam kabi qator insonparvarlik mavzuiga oid savollarga javob bergan Rim papasidan dunyoning ba‘zi davlatlarida suiqasd hujumlari ortayotgani, buning aksar qurboni esa bolalar va ayollar bo‘layotgani sabablariga oid fikri ham so‘raldi.

Bunga javoban Rim Papasi: “Totalitar tizimlar, garchi inson hayotini olmasada, imkoniyatlarni o‘ldirmoqda: kelajakni, ko‘plab boshqa muhim narsalarni o‘ldirmoqda. Bu muammo hal bo‘lgani yo‘q va u faqatgina Sharqning muammosi emas”, deya javob berdi.

Papa Frensis Filippinga ikkinchi bor safar qilmoqda va bunga qadar u seshanba-payshanba kunlari Shri Lankada bo‘ldi.

Payshanbadan yakshanbaga qadar u Filipinda bo‘ladi va Manilaga borib 2013 yilda Hayyan to‘fonidan aziyat chekkan oilalar bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Yakshanba kuni esa uning Maniladagi Rizal Park bog‘ida millionlab yaqin odam kelishi kutilgan ibodat marosimini o‘tashi rejalashtirilgan.