Sobiq bosh vazir O‘tkir Sultonov Toshkentda dafn qilindi

Uzoq davom etgan kasallik oqibatida 28 noyabr shanba kuni76 ëshida olamdan o‘tgan O‘zbekistonning sobiq bosh vaziri 29 noyabrda Toshkentda dafn etildi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, Sultonov uzoq vaqtdan buyon buyrak etishmovchiligi bilan og‘riyotgan edi.

Sultonov oilasiga yaqin manbalardan birining Ozodlikka bildirishicha¸ marxum shanba kuni Turkiyadagi yurak jarroxligi klinikalaridan birida amaliët paytida olamdan o‘tgan.

Sultonovning jasadi Turkiyadan Toshkentga uchoqda keltirilib yakshanba kuni tuproqqa berilgan.

2006 yildan buyon Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori lavozimida ishlab kelgan O‘tkir Sultonov zamonaviy O‘zbekiston siësiy boshqaruvida muhim arbob sifatida ko‘rilgan.

1995 yildan 2006 yilgacha O‘zbekiston Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari, Bosh vazir maslahatchisi lavozimlarida ishlagan O‘tkir Sultonov 2006 yilda Toshkent aviazavodiga rahbar etib tayinlangan edi.

Aynan Sultonov rahbarligida mazkur korxona bankrotligi jarayoni boshlangan edi.

Sobiq bosh vazir O‘tkir Sultonovning olamdan o‘tgani haqida O‘zbekiston rasmiy matbuoti hozircha xabar bergani yo‘q.

O‘tkir Sultonov bilan uch yil birga ishlagan O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati Abduvohid Pattaev marhumni yaxshi gaplar bilan ëdga oldi.