O‘zbekistonda yangi yildan spirtli ichimliklar narxi oshiriladi

O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvaridan boshlab pivodan tashqari barcha spirtli ichimliklarning minimal narxi oshiriladi. Bu haqda bugun mahalliy matbuot xabar tarqatdi.

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 3 dekabrda qabul qilgan qaroriga binoan, 1 litr spirtli ichimliklarni sotuvga chiqarish minimal narxi ichimlik turiga qarab 15,6 foizdan 25,2 foizgacha ko‘tariladi.

Masalan, 1 litr vinoni savdoga chiqarish narxi 3800 so‘mdan, 4500 so‘mga oshiriladi. Xaridorlarga esa 4600 so‘mdan 5400 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi. Aroqni sotuvga chiqarish minimal narxi hozirgi 9 ming so‘mdan 10500 so‘mga ko‘tariladi. Xaridorlarga hozirgi 10900 so‘m o‘rniga 12600 so‘mdan sotiladi.

Konyak mahsulotlarining sotuvga chiqarish narxi 13900 so‘m, xaridorlarga sotilish narxi 16700 so‘m qilib belgilangan.