OzodNazarPlus: Emizikli ona, bozor mafiyasi va bosh prokuratura haqida

OzodNazarning ortda qolayotgan yildagi eng oxirgi eshittirishini tayyorlarkanmiz, taniqli publitsist Sharof Ubaydullayevga kart-blansh berdik: shu kunda o‘zini tashvishga solayotgan voqea-hodisalar haqida aytib berishini iltimos qildik. Sharof aka “og‘zaki maqolasi”ni yaqinda Toshkentning Farhod bozorida guvohi bo‘lgani - voqea atrofiga qurdi.

OzodNazarPlus: Sharof Ubaydullayev


Anons:
Nima uchun Siz gapiraverasizu tengdoshlaringiz – keksa avlod jurnalistlari, yozuvchi-shoirlar gapirishdan qo‘rqadi?
Siz MXXning ayg‘oqchisimisiz?
Prezidentlikka nomzodingizni qo‘ygan bo‘larmidingiz?
Sizni G‘arbparast deydiganlarga nima degan bo‘lardingiz?
Nega bu qadar ehtiyotkorsiz?
Nima uchun tinglovchimiz Sizni yomon ko‘radi?
Bu savollarni OzodNazarning doimiy suhbatdoshlariga berdik va javoblarni yaqin kunlarda – eshittirishning 2015 yildagi eng oxirgi sonida tinglashingiz mumkin