O‘zbekiston 51ta Olimpiada litsenziyasiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston sportchilari shu kungacha Braziliya poytaxti Rio de Janeyroda 2016 yilda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi 51ta litsentsiyaga ega bo‘ldi.

So‘nggi 51- litsentsziyani 2 yanvar kuni Xitoydagi xalqaro marafonda ishtirok etib, 10-o‘ringa sazovor bo‘lgan yengil atletikachi Andrey Petrov qo‘lga kiritdi. U marafon masofasini 2 soat 17 daqiqa 48 soniyada bosib o‘tgan.

Xitoyning Syamin shahrida o‘tkazilgan marafonda jahonning turli davlatlaridan kelgan 27 ming yuguruvchi ishtirok etgan.

Rasmiy xabarlarda aytilishicha, 51 litsenziyadan 24tasi paraolimpiyachilarga tegishlidir.