Saratov oblastining Ozinsk rayon sudida 25 yashar O‘zbekiston fuqarosi Hasanboy Ergashev ustidan mahkama bo‘lib o‘tdi.
Rossiya prokuraturasi tomonidan davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tganlikda ayblangan Ergashev¸ sudda aytilishicha¸ o‘z egizagi Husanboyning pasporti bilan olti marta Rossiya hududiga kirib-chiqqan.
2015 yilning 13 sentyabr kuni Ergashev avtomobilda Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga ketish uchun chegarani kesib o‘tayotganida chegarachilar tomonidan ushlangan.
Mahkama hukmi bilan Ergashev 10 ming rubl jarimaga tortildi.