BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyan tomonidan raketa uchirilishini keskin qoraladi

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketa uchirilishini keskin qoraladi va bu mamlakatga nisbatan keng ko‘lamli yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirdi.

Xavfsizlik kengashining yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan oshig‘ich majlisida bu boradagi rezolyutsiyani Pxenyan ittifoqchisi bo‘lmish Xitoy va yana 14 a’zo davlat qo‘llab-quvvatladi.

Yakshanbaga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya uzoq radiusli ballistik raketa uchirgan. Davlat televideniesining xabar qilishicha, mamlakat rahbari Kim Chin In buyrug‘i bilan “fazoga sun’iy yo‘ldosh olib chiqish maqsadida” amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatli yakunlangan.

BMT Xavfsizlik kengashining yopiq eshiklar ortida o‘tgan kechagi oshig‘ich majlisi AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya talabiga ko‘ra chaqirilgan.

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauerga ko‘ra, Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish bo‘yicha yangi rezolyutsiya imkon qadar tezroq ma’qullanishi va u Pxenyan uchun misli ko‘rilmagan chora-tadbirlarni qamragan bo‘lishi lozim.