Germaniya janubida poezd halokati oqibata kamida 8 odam halok bo‘ldi

Germaniya janubidagi Bavariyada poezdlar to‘qnashishi oqibatida kamida sakkiz odam nobud bo‘ldi, yuzga yaqin odam yaralandi.

Halokat seshanba kuni ertalab Myunxendan 60 kilometr janubdagi Bad-Aybling kurort shaharchasi yaqinida ro‘y berdi.

Xabarlarga qaraganda poezdlardan biri izidan chiqib ketgan va bir qancha vagoni ag‘darilgan.

Har ikki poezd haydovchilari halok bo‘lishgan. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.