4 yashar qizchani o‘ldirishda ayblangan ayolni deb o‘zbeklar yana Rossiyadan haydalyapti

Ozodlikka Irkutskdan murojaat qilgan muhojirga ko‘ra¸ samarqandlik enaga xotin 4 yashar bolakayning kallasini olib¸ ko‘chada Ollohu Akbar deb qichqirib yurgani aks etgan video runetda tarqashi ortidan butun Rossiya bo‘ylab¸ xususan¸ poytaxt Moskvada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini yoppasiga hibsga olish jarayoni boshlangan. Ish beruvchilarning o‘zlari o‘zbekistonliklarni ko‘chaga chiqmaslik¸ aks holda FMS zo‘ravonligiga uchrashdan ogohlantirmoqda¸ deydi Ozodlik manbasi.

O‘zi Irkutsk o‘rmonlarida mehnat qilayotgan Murodjon aka¸ kechadan beri Moskvada ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlayotgan ukasi tinimsiz qo‘ng‘iroq qilaëtgani va Rossiya poytaxtida o‘zbekistonlik muhojirlarni yoppasiga ushlash amaliyoti boshlanganidan ogohlantirayotganini aytadi.

Rossiya telekanallari samarqandlik enaga xotin - Gulchehra Boboqulovaning o‘zi qarayotgan 4 yashar bolaning boshini uzib¸ Moskva ko‘chalarida ko‘tarib yurgani aks etgan videoni ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da¸ bu video Internet saytlari orqali tarqab ulgurdi va Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga nisbatan munosabat bir kecha o‘zgardi¸ deydi Murodjon aka.

Munosabat o‘zgarganining birinchi ko‘rinishi¸ suhbatdoshga ko‘ra¸ Rossiya Federal xizmati xodimlarining o‘zbeklarni kim qonuniy¸ kim noqonuniy deb o‘tirmasdan¸ yoppasiga olib ketaëtgani bo‘lsa¸ boshqasi ruslarning o‘zbeklardan qo‘rqib qolishida aks etmoqda.

- Bundan keyin o‘zbekistonliklar¸ xususan¸ ruslar eshigida enaga va oqsoch bo‘lib ishlab yurganlarni terib olib ketishadi¸ ruslar ham qo‘rqib bolasini ularga ishonmay qo‘yadi. Sho‘rlik o‘zbekistonliklar yana ishsiz qoladi¸ Rossiyadan deport bo‘ladi¸ deydi Murodjon aka.

Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlarni ogohlantirish maqsadida Ozodlikka murojaat qilgan Murodjon aka bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Irkutskdan Murod aka