Bag‘dod yaqinida ID bombasidan kamida 47 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod yaqinida 6 mart kuni bomba o‘rnatilgan avtomashina portlatilishi oqibatida kamida 47 odam halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi.

Portlash Bag‘dod janubidagi Xilla shahriga kiraverishdagi nazorat-o‘tkazish punktida odamlar ko‘p bo‘lgan paytda sodir etilgan.

Portlash uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Associated Press agentligining bildirishicha, halok bo‘lganlarning 39 nafari tincha aholi, 8 nafari harbiydir. Bundan tashqari kamida 60 odam yaralangan va 50ta avtomobil pachoqlangan.

BMTning hisob –kitobicha, o‘tgan oyda “Islomiy davlat” guruhi sodir etgan terror harakatlarida Iroqda kamida 670 odam halok bo‘lgan.