Xonanda Shahnozabonu 40 yoshida olamdan o‘tdi

Bugun o‘zbek estaradasi vakili, xonanda Shahnozabonu 40 yoshida olamdan o‘tdi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, Shahnozabonu yaqinda og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan. Uning aynan nima kasal bilan og‘rigani ma’lum emas.

Shahnozabonu 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan edi.

Xonandaning “Qizalog‘im”, “Do‘st”, “Qizg‘onaman” kabi qo‘shiqlari o‘zbek qo‘shiq shinavandalari orasida tanilgan.