O‘zbekistonda hukumat gazetalari saytlariga hakerlar hujum qildi

O‘zbekistonda “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” respublika ijtimoiy-siyosiy gazetalarining Internet sayti hakerlik hujumiga uchradi.`

Mahalliy matbuotning yakshanba kuni xabar berishicha, ishdan chiqarilgan saytlarda Anonplus hakerlik guruhining ramzi qoldirilgan.

Internetdan olingan ma’lumotlarga qaraganda, Anonplus xalqaro Anonymous hakerlar tuzilmasi tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqdir.