Toshkentda pravoslavlar Pasxani nishonladi

O‘zbekistonlik pravoslavlar 1 may kuni Pasxa bayramini nishonladi.

1 mayga o‘tar kechasi minglab pravoslavlar Toshkentdagi Uspensk kafedral cherkoviga yig‘ilib, Quddusdan ziyoratchilar olib kelgan Muqaddas olovni kutib oldi va bayramni nishonladi.

Pasxa ibodatini Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy olib bordi.

1 may kuni dunyoning 70 mamlakatida pravoslavlar Pasxa, ya’ni Iso Masihning qayta tirilishini bayram qildilar

Bu yil katoliklari va protestantlar Pasxa bayramini, Georgiy taqvimiga asoslanib, mart oyida nishonlashgan edi.