Tojikiston shimolida jala oqibatida yuz bergan ko‘chki paytida uch kishi halok bo‘ldi.
So‘g‘d viloyati rasmiylarining Ozodlik radiosiga 10 may kuni ma’lum qilishicha, Revad qishlog‘ida yashovchi ona-bola - 41 yoshli Lola Tuyg‘unova va 18 yoshli Ismat Rustamov, Shurcha qishlog‘ida yashovchi 56 yoshli Toshboy Xo‘jamqulov 9 may kuni ko‘chki ostida qolgan.
Tojikiston hukumati 10 may kuni ko‘chki oqibatida o‘nlab uylar, asosiy infrastrukturalar va munitsipal binolar zarar ko‘rganini bildirdi.