O‘zA: 26,2 ming tonna pilla tayyorlanib, reja bajarildi

O‘zbekiston pillakorlari 26,2 ming tonnadan ziyod pilla tayyorlab, yillik shartnoma rejasini bajardi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA agentligiga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston iqlimiga mos, kasalliklarga chidamli mahalliy navlardan bo‘lgan ipak qurti boqilgan va har qutidan o‘rtacha 58,2 kilogrammdan hosil olingan.

O‘zA pillaning xarid narxi o‘rtacha 11 foiz oshirilib, hosil qiymatining 43 foizi miqdoridagi mablag‘ mavsum boshidanoq bo‘nak sifatida berilgani fermerlar uchun rag‘batlantirish bo‘lgani haqida yozdi.

Ayni paytda Ozodlik bog‘langan pillakor fermerlar bu yilgi rejaning ham bosim ostida bajarilganini aytishdi. Fermerlar mamlakatda pilla qurti boqish ular zimmasiga majburiy tarzda yuklanishi, yetishtirgan hosiliga yarasha mehnat haqi berilmasligidan shikoyat qiladilar.