Afsonaviy bokschi Muhammad Ali 74 yoshida vafot etdi

3 iyun kuni Arizonadagi Feniks kasalxonasida 74 yoshli afsonaviy bokschi Muhammad Ali vafot etdi.

O‘ta og‘ir vazndagi professinal boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Muhammad Ali so‘nggi 32 yil davomida Parkinson kasalligi bilan kurashib yashayotgandi.

20 asrning eng taniqli shaxslardan biri bo‘lgan Muhammad Ali dunyoning yetakchi sport nashrlari tomonidan eng buyuk sportchi deb atalgan.

Muhammad Ali 1974 yilda Jorj Formanni yengib chempionlik kamarini qaytarib oldi.

Muhammad Ali uch marotaba og‘ir vaznda jahon chempionligi bo‘yicha g‘olib chiqqan yagona bokschidir. U 56 jangni yutgan, shulardan 37 tasi nokaut bilan yakunlangan.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Муҳаммад Али 75 ёшида вафот этди

Muhammad Ali 22 yoshida Amerikadagi Islom ummati harakatiga qo‘shilib o‘z ismini o‘zgartiradi. Ungacha Alining ismi Kasius Kley bo‘lgan. 1975 yilda Muhammad Ali sunniy mazhabiga kiradi. 30 dan so‘ng esa So‘fiylik tariqatiga amal qila boshlaydi.

Muhammad Ali 1998 yilda Rabotda Ramazon bayrami tadbirlarida qatnashmoqda.

Muhammad Ali ilk bor chempionlik kamarini 1964 yilda Sonni Listonni yengib qo‘lga kiritdi. Bungacha u 12ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

1967 yilda armiyada xizmat qilishdan bosh tortishi ortidan Muhammad Ali chempionlik kamaridan mahrum etildi.

Shuningdek, bokschi AQSh hududida o‘tkaziladigan musoboqalardan ham chetlatildi.

Bu taqiq bekor qilinishi ortidan Muhammad Ali 1974 yilda Jorj Formanni yengib chempionlik kamarini qaytarib oldi.

1967 yilda armiyada xizmat qilishdan bosh tortishi ortidan Muhammad Ali chempionlik kamaridan maxrum etildi.

1978 yilda yilda Muhammad Ali Leon Spinksni yengib uchinchi bor jahon chempioni bo‘ldi.

Muhammad Alining Toshkent va Samarqandga tashrifi

Afsonaviy bokschi Muhammad Ali 1978 yilning yozida Toshkent va Samarqadga kelgan va o‘zbekistonlik bokschi Rufat Risqiev bilan uchrashgandi.

Muhammad Ali 1978 yilda Toshkent va Samarqandga safar qilganida unga Rufat Risqiev hamroxlik qilgandi.

1980 yilda Moskvada o‘tkazilajak yozgi Olimpiada arafasida SSSR rahbariyati Muhammad Alini Sovet Ittifoqiga mehmonga taklif qilgan edi.

Muhammad Ali musulmon bo‘lganligi sababli SSSRdagi islom markazi bo‘lmish Toshkent va Samarqand shahriga safar qilishni lozim topgan.

Muhammad Ali Samarqand va Toshkent safaridan so‘ng Moskvaga qaytdi va SSSR rahbari Leonid Brejnev qabulida bo‘ldi.

Trampning tanqidchisi

Muhammad Ali AQSh prezidentligiga respublikachi nomzod Donald Trampni musulmonlarga qarshi so‘zlari uchun tanqid qilib chiqqan edi.

“Musulmonlar Islomdan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanuvchi insonlarga qarshi turishlari kerak”, - deb aytgan edi bokschi.

Asl ismi Kassius Kley bo‘lgan boksxb 1964 yilda Islom dinini qabul qilib, o‘z ismini Muhammad Aliga o‘zgartirgan.

Shuningdek, Muhammad Ali AQShning Kaliforniya shtati San Bernardino shahri va Fransiya poytaxti Parijdagi o‘tgan yili sodir etilgan terror hujumlarini qoralagan.

“Bu shafqatsiz amallar bizning dinimizga mutlaq zid”, - deb aytgan edi Muhammad Ali.

Professional ringni tark etishi ortidan, 1984 yilda Muhammad Aliga Parkinson xastaligi tashxisi qo‘yilgan.

Muhammad Ali qo‘shiqchi Jenifer Lopez bilan birga, 2013 yil, Arizona shtati. Feniks shahri.

Bokschi bir necha kun avval nafas olish yo‘lidagi muammolar sabab AQShdagi Finiks shifoxonasiga yotqizilgan edi.