OzodMikrofon: “Mendan yashirib pensiyamni plastikka solib qo‘yishibdi, shovvozlar”

OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilgan o‘zbekistonliklar ularning roziligini olmasdan turib, pensiya jamg‘armasi pensiya pullarini yuz foiz plastik kartochkaga o‘tkazib yuborayotgani, mamlakatda korrupsiya avj olgani, o‘qituvchilarning bugungi og‘ir ahvoli haqida gapirdilar.

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida istiqomat qiladigan 67 yashar pensioner Alijon Turg‘unovning Ozodlikka aytishicha, Quva tumani pensiya jamg‘armasi uning roziligini olmasdan pensiyasini plastik kartochkaga o‘tkazib yuborgan:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Quvalik pensioner Alijon Trug‘unov bilan suhbat:

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida istiqomat qiladigan pensioner Nabijon Jo‘raboev Ozodlikning BahsOnline eshittirishiga munosabat bildiradi. Suhbatdosh bu eshittirishda gapirgan farg‘onalik o‘qituvchining gaplarini tasdiqlar ekan, bugungi kunda o‘qituvchilarning iqtisodiy ahvoli juda yomon bo‘lib qolganini ta’kidlaydi:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

G‘allaorollik Nabijon ota Jo‘raboev bilan suhbat:

Qashqadaryo vilyaoti Shahrisabz tumanidan bo‘lgan Qudrat Murtazoev ham BahsOnline munosabat bildirdi. Suhbatdoshga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda majburiy mehnat yo‘q, dala ishlariga safarbar etilgan o‘qituvchiyu shifokorlar esa o‘z ixtiyorlari bilan hasharga chiqmoqda:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Shahrisabzlik Qudrat Murtazoev bilan suhbat: