Qirg‘izistonda voyaga yetmaganlarni nikohlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Qirg‘iziston parlamenti voyaga yetmaganlarni nikohlaganlik uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

9 iyun kuni ma’qullangan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksiga kiritilmish tuzatishlarga muvofiq, nikoh yoshi haqidagi qonunchilikni buzgan holda bu marosimni o‘tkazgan ota-onalar, nikoh o‘qigan shaxslar va nikohlangan shaxslar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Qonun loyihasini ovoz berishda qatnashgan 99 deputatdan 69 nafari yoqlagan, 30 nafar deputat esa qarshi ovoz bergan.

Qirg‘izistonda fuqarolar 18 yoshdan balog‘atga yetgan hisoblanadi.