BMT: O‘tgan yili 65 million odam uyini tashlab chiqdi

O‘tgan yili to‘qnashuvlar va urushlar bois 65 milliondan ziyod odam o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan. Bu 2014 yilga nisbatan 6 millionga ko‘pdir.

Bu haqda xabar qilgan BMTning Qochkinlar ishi bo‘yicha agentligi hisob-kitobicha, 65 miliondan ziyod odamning uchdan biri qochqinlar, qolgan qismi esa majburlikdan uy-joyidan ko‘chirilganlardir.

Agentlikka ko‘ra, bu raqamlar dunyodagi har 113-odam qochqin ekanini anglatadi.

Qochqinlarning yarmi Suriya, Afg‘oniston va Somalidan bo‘lganlardir.

Muhojirlar asosan, Yevropa davlatlari, jumladan, Shvetsiya va Germaniyadan boshpana topayapti.

20 iyun- Qochqinlar kuni sifatida nishonlanadi. 2005 yilgi Andijon qirg‘inidan so‘ng qochqinga aylangan o‘zbekistonliklar soni ham ko‘paygan. Biroq bugungi kunda necha nafar o‘zbekistonlik qochqinga aylangani haqida aniq raqamlar yo‘q.