OzodNazar: O‘zbek sportchilari nega aynan boksda kuchli?

Bobomurod Abdullaev

OzodNazar dasturining bugungi mehmoni jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan suhbat olimpiada o‘yinlari¸ sport va siyosat haqida bo‘ldi.

Riodagi o‘zbek jamoasiga hozircha yagona oltin medal keltirgan bokschi Hasanboy Do‘smatov ijtimoiy tarmoqlarda milliy qahramon sifatida olqishlanmoqda.

Suhbatdosh esa bu voqeani navbatdagi sport zafari deya izohladi.

Suhbat asnosida katta sportning pultopar korchalonlar uchun vositaga aylangani bilan bog‘liq muammo ham tilga olindi.

Olimpiya harakati ilhomchisi Pьer de Kubertenning “Sport odamni ichki dunësini boyitadi” degan shiori Bobomurod Abdullaev nazarida “Katta sport boylarning boyligiga boylik qo‘shadi” degan tijoriy shiorga aylangan.

“Sportchilar o‘z davlatiga shon-shuhrat olib kelganida ardoqda bo‘ladi¸ nafaqaga chiqqandan keyin ular keraksiz va istalmagan kishilarga aylanadi” deydi suhbatdosh.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

OzodNazar: O‘tin ërgan bolta tashqarida qoladi