75 ga kirgan pensioner Karimov qabri ustida Qur’on o‘qish uchun Samarqandga velosipedda jo‘nab ketdi

Husan bobo o‘zi yashaydigan Namangan viloyati, Chortoq tumani, Koroskon qishlog‘idan yo‘lga chiqdi.

Bugun (5 sentabr) erta tongda Prezident Karimov qabri ustida Qur’on tilovat qilish uchun 75 ga kirgan pensioner Husan Hojiboev (laqabi "Husan Chayka") Namangan viloyati Chortoq tumanidan Samarqandga velosipedda yo‘l oldi.

Husan bobo 110 km yo‘lni bosib o‘tdi va Qamchiq dovoniga yaqinlashib, G‘urumsaroyda tunamoqda.

Husan bobo marhum prezident Karimovni "oshnam", "do‘stim" deb ta’riflar ekan, "do‘sti" yotgan joy - Samarqandgacha 521 km yo‘lni 4-5 kun velosipedda yurishi kerak. Davomini o‘zidan eshiting:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Namanganlik Xusan "Chayka" laqabli pensioner marhum prezident Karimov qabriga borish uchunSamarkandga velosipedda yul oldi

Husan bobo Namangandan Samarqandgacha bosib o‘tishi kerak bo‘lgan 521 km yo‘l haritasi

Husan bobo Namangandan Samarqandgacha velosipedda 5 kun yuradi