Sankt-Petrburgda ishlayotgan taniqli geolog olim Abduhamid Po‘latov OzodNazar dasturida qatnashib O‘zbekistonning post-karimov davriga oid qator maqolalarimizga izoh berdi.
Suhbatdoshga ko‘ra¸ O‘zbekistondagi jaholatning kuchaygani bois demokratiya qadriyat o‘laroq esdan chiqib bo‘lgan:
- Kimnidir saylasak deyishmaydi¸ falonchi podsho bo‘lsa deyishadi. Bu gapni avom emas¸ qo‘lida diplomi borlar ham aytayapti. Bular qamchisiz ham boshqariladigan podaga aylanib bo‘lgan¸ deydi geolog olim.
Abduhamid Po‘latov suhbat davomida¸ nemis jurnalistining O‘zbekistondan quvilishi¸ dollarning rekord ko‘rsatkichi va Samarqandda Karimov haykali qurilishi kabi mavzularga ham munosabat bildirdi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди