Surixda qurollangan shaxs masjidda ibodat qilayotganlarga o‘t ochdi (VIDEO)

Dushanba kuni kechqurin Shveytsariyaning Surix shahrida qurollangan shaxs temir yo‘l yaqinida joylashgan masjidga kelgan kishilarni o‘qqa tutdi.

Surix politsiyasiga ko‘ra¸ qurollangan shaxs masjid yaqinida odamlarga qarata o‘t ochgan va kamida uch kishiga jarohat etkazgan.

Rasmiylarga ko‘ra¸ qurollangan shaxs masjid yaqinida o‘t ochganidan keyin voqea joyidan qochib ketgan va hozirda Surix politsiyasi tomonidan qidirilmoqda.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Цюрихда қуролланган шахс масжидда ибодат қилаëтганларга ўт очди

Politsiya jarohat olganlardan ikkitasining jarohati jiddiy ekanligini bildirgan.

Voqea joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan.