OzodNazar: Mirziyoev hamma narsani qayta qurishga majbur bo‘lyapti

Prezident Mirziyoev O‘zbekiston prokuraturasini "repressiya organi" deb atadi va bu tizimning "yaroqsiz" bo‘lib qolganini aytdi. "Prokuratura faqat jazolaydigan repressiya organi bo‘lib qolmasligi, aksincha fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga himoya qiladigan tizimga aylanishi zarur" deb ta’kidladi u prokuratura xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida. Prezidentga ko‘ra, bunday "yaroqsiz" ish uslubi yillar davomida shakillanib kelgan.

Ayni paytda O‘zbekiston 27ta mamlakat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilishni 2021 yil 1 yanvariga qadar kechiktirdi.

Yangi o‘zgarish prezident Shavkat Mirziyoev farmoni bilan tasdiqlandi.

Mazkur ikki masala yuzasidan avzu atrofida OzodNazar ruknida fikr bildigan tarniqli jurnalist Sharaf Ubaydullaevning ishonishicha, prezident O‘zbekistonda "hamma narsani qayta qurishga majbur bo‘lyapti".

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Jurnalist Sharaf Ubaydullaev bilan suhbat