O‘zbekistonda yangi nusxadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etilmoqda

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qaroriga muvofiq 1 oktabrdan boshlab mamlakatda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va avtomotoransport vositasining ro‘yxatga olinganligi guvohnomasi joriy etiladi. Qarorda aytilishicha, mazkur hujjatlarning eski namunalari 2021 yil 1 yanvaridan yaroqsiz hisoblanadi.

O‘zbekistonda 1 oktabrdan boshlab plastikdan tayyorlangan yangi nusxadagi haydovchilik guvohnomasi va avtomotoransport vositasining ro‘yxatga olinganligi guvohnomasi joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida bildirilishicha, bu boradagi qaror 2 mart kuni qabul qilingan.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi

Yangi nusxadagi haydovchilik guvohnomasining orti.

Yangi haydovchilik guvohnomasi 10 yillik muddatga beriladi. Ularni eski guvohnomaga almashtirish jarayoni 2017 yilning 1 oktyabridan 2018 yilning 31 dekabrigacha ixtiyoriy asosda olib boriladi.

2019 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning 31 dekabrigacha haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish majburiy bo‘ladi.

Eski namungadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab yaroqsiz hisoblanadi.

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning ortki qismi.

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017-2020 yishllar mobaynida bomqichma-bosqich, ya’ni avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi.

Eski namunadagi texnik guvohnomalar ham 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab yaroqsiz, deb hisoblanadi.

Qaror “Milliy haydovchilik guvohnomasi namunalarining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968 yil, 8 noyabr) tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlash” maqsadida qabul qilingani bildirildi.