Shuhrat Abbosov: Urush paytida el qatori men ham kunjara yeganman

SSSR xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbosov

SSSR Xalq artisti¸ taniqli kinochi 87 yashar Shuhrat Abbosov Ozodlik bilan suhbatda bu yilgi 9 may bayrami avvalgilardan o‘zgacha bo‘lganligini aytdi. Suhbatdoshga ko‘ra, “Sen yetim emassan”¸ “Toshkent - non shahri” kabi u suratga olgan kinolar 9 may kuni qayta-qayta O‘zbekiston telekanallarida namoyish qilingan.

- 25 yil namoyish qilinmagan kinolarimni o‘zbek telekanallri qatorasiga qo‘yib yotishibdi. Ilgari hech kim habarimni olmagan bo‘lsa hozir kunora televidenie va radioga chaqirishyapti. Hursandman¸ deydi taniqli kinochi.

Suhbatdosh ayniqsa “Shomahmudovlar oilasi” haykalining markazga qaytganidan xushnudligini izhor qildi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Shuhrat Abbosov bilan suhbat

Shomahmudovlar oilasi haqida rejissyor Shuhrat Abbosov “Sen yetim emassan” filmini suratga olgan edi.

- Bu film o‘z vaqtida tanqidga uchragan. Sovet mulozimlari nega nonga navbat kutayotganlarni ko‘rsatding, deb meni tergashgan. Xolbuki, o‘zim non ocheredida turganman. Och qolib kunjara ham yeganman, dedi taniqli kinochi.