Gallup markazi e’lon qilgan “Global pozitivlik indeksi”da O‘zbekiston aholisi dunëdagi eng pozitiv millatlar beshligiga kirdi.
Paragvay¸ Kosta Rika¸ Panama kabi Lotin Amerikasidagi mamlakatlar aholisi global ro‘yxatning birinchi uch o‘rniga qo‘yilgan bo‘lsa¸ o‘zbekistonliklar Filippindan so‘ng beshinchi pog‘onani egalladi.
Ijtimoiy so‘rov xulosasiga ko‘ra¸ greklar asablari eng toliqqan¸ eronliklar esa¸ eng darg‘azab millat bo‘lib chiqdi.
O‘zbekistonliklar postsovet hududidagi eng pozitiv deb topilgan bo‘lsa¸ Ukraina¸ Litva¸ Ozarbayjon¸ Gruziya va Belarus¸ indeks tubidagi o‘nlikdan o‘rin oldi.
Mazkur xulosa 2016 yil davomida dunëning 142 davlatida 149 ming odam bilan o‘tkazilgan suhbatlar asosida chiqarilgan.
Gallup markazi voyaga etganlardan:
“Kecha yaxshi dam oldingizmi?
Kecha kun bo‘yi sizga hurmat bilan muomalada bo‘lishdimi?
Kecha yaxshilab kuldingizmi¸ juda bo‘lmasa jilmaydingizmi?
Kecha biror qiziq narsa o‘rganib¸ biror qiziq ish qildingizmi?
Kecha biror narsadan mazza qildingizmi? degan savollarni so‘ragan va bu savolga eng ko‘p tasdiq javobi berganlar dunëdagi eng pozitiv xalqlar ro‘yxati tepasidan joy olgan.
Joriy yil BMT, Gallup ijtimoiy so‘rov markazi hamda AQShdagi Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari hozirlagan hisobot xulosasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston postsovet hududidagi eng baxtiyor mamlakat bo‘lib chiqqan edi.
20 mart - Butunjahon Baxtiyorlik kunida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra¸ o‘zbekistonliklar baxtiërlik bo‘yicha 155 mamlakat aholisi orasida 47-o‘ringa qo‘yildi.
Hisobotga ko‘ra¸ hatto¸ millionlab o‘zbekistonlik ish izlab borgan Rossiya aholisi ham baxtiyorlik bo‘yicha ulardan ikki pog‘ona pastroqda bo‘lib chiqdi.