MTRKga eski rahbarning qaytishi, Karimov davri TVsiga qaytishni anglatadimi?

Ozodlikning Qurultoy eshittirishiga yig‘ilgan o‘zbek jurnalistlari o‘zbek jurnalistikasida boshlangan “muz erishi” jarayoni to‘xtab¸ yana “senzura” davri boshlanmoqdami, degan xavotirni bildirishdi. Bu xavotirga MTRKdagi keyingi o‘zgarishlar sabab bo‘lgani aytildi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

TVga eski rahbarning qaytishi¸ Karimov davridagi TVga qaytishni anglatadimi?

30 avgust kuni kechqurun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi va tashkilotga yangi rahbar tayinlandi.

Alisher Xo‘jaev (Xodjaev) O‘zMTRK raisligiga qaytarildi.

U bir oyga yaqin vaqt davomida televideniega rahbarlik qilgan, 29 avgust kuni lavozimdan olingan Bobur Alixonovning o‘rniga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Xo‘jaev 2005 yil aprelidan 2017 yil boshiga qadar O‘zMTRK rahbari bo‘lgan, shu yil boshida ishdan ketgan va uning o‘rniga Xurshid Mirzohidov tayinlangandi. Mirzohidov bu lavozimda yarim yil, 2017 yil avgustiga qadar faoliyat yuritgan edi.

Qurultoy ishtirokchilari nazarida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning qudasi bo‘lgan Xo‘jaevning MTRKga rais bo‘lishi nepotizm, ya’ni urug‘-aymoqchilik muammosini keltirib chiqaradi.