Niderlandiyalik dizayner Daan Rusgard 2015 yilda yasagan balandligi 7 metrli moslama - «Smogsiz minora» (smog - inglizcha smoke - tutun va fog - tuman so‘zlari omuxtasi) bulg‘angan havodan kirni so‘rib olib, uni tozalaydi va olti tarafidagi teshiklardan qayta chiqaradi.
Minora bir soat ichida 30 ming kub metr havoni tozalay oladi. Buning uchun sarflangan energiya esa, suv isituvchi qozon sarflagan energiyadan ko‘p emas.
Rusgardning Studio Roosegaard shirkati moslamaga dunyoning «ilk smogyutkichi» deb nom bergan.
Kickstarterda boshlangan loyiha uch yilda o‘z natijasni berdi. Rusgard 2015 yilning sentyabrida yangi moslamani Rotterdamda namoyish qildi.
2016 yil esa Rusgard Xitoyning Atrof-muhitni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda moslama bilan mamlakatning to‘rt shahri bo‘ylab tur uyushtirdi.
Loyiha muallifi moslama mahalliy echim o‘laroq parklarda o‘rnatish uchun mo‘ljallanganini aytdi.
Minora to‘plagan chang moddalarini zargarlik buyumlarida ishlatish mumkin bo‘lgan uglerod kublariga aylantirish mumkin. Rusgardning aytishicha, uzuk yoki boshqa buyumlarda ishlatish mumkin bo‘lgan har bir kub 1000 m3 havoga mos keladi.