Nazarboev Janubiy Qozog‘iston viloyatini Turkiston deb nomladi. Viloyat markazini Turkistonga ko‘chirdi

Qozog‘iston prezidenti 19 iyun kuni “Qozog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid ayrim masalalar”ga oid farmon chiqardi¸ deb xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.

Bu farmonga muvofiq¸ Janubiy Qozog‘iston viloyati nomi Turkiston deb o‘zgartirildi¸ uning markazi Chimkentdan Turkiston shahriga ko‘chirildi¸ Chimkent shahriga esa¸ respublika ahamiyatiga molik shahar maqomi berildi.

Mazkur farmon imzolanishi marosimida gapirgan prezident Nazarboev Chimkentning Ostona va Olmaota kabi aholisi soni bir milliondan oshgan shaharga aylanganini ta’kidladi.

Turkiston deb qayta nomlangan Janubiy Qozog‘iston viloyati markazining Chimkentdan Turkiston shahriga ko‘chirilishiga izoh bergan Nazarboev¸ Turkiston shahrining asrlar davomida qozoq xonligi va umuman turk dunyosi siyosiy va ma’naviy hayoti yuragi bo‘lib kelganini ta’kidladi.

"Chimkent nafaqat bizning mamlakatimiz¸ balki Markaziy Osiyo mintaqasi uchun sarmoya¸ texnologiya va intellektual resurslarning yangi markaziga aylanadi. Buning uchun barcha sharoit va zarur potensial bor"¸ dedi jumladan Qozog‘iston prezidenti.

5 iyun kuni Janubiy Qozog‘iston maslahat kengashi (mahalliy vakillik organi) viloyat markazining Chimkentdan Turkiston shahriga ko‘chirilishi va Chimkentga respublika ahamiyatiga molik shahar maqomini berish taklifini ma’qullagan edi.

Chimkentdan 170 kilometr shimol-g‘arbda joylashgan Turkiston shahri aholisining 250 mingga yaqin ekani aytiladi.

So‘fiylik tariqati rahnamolaridan biri¸ yassaviylik tariqati asoschisi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi Turkiston shahrida joylashgan.

12-asrda yashab o‘tgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy qabri so‘fiylik tariqati muridlari uchun ziyoratgoh hisoblanadi.

Maqbaraning XIV asrda Amir Temur tomonidan ta’mirlangani aytiladi. Turkiston shahridagi turk-qozoq universitetiga ham Ahmad Yassaviy nomi berilgan.