OzodNazar: Arzonlashi kutilayotgan mashina bozori va Tarbiyaning nemischa usuli haqida

Rustam Usmonov

Taniqli tadbirkor, iqtisodchi Rustam Usmonov bilan o‘tkazilgan suhbatda sarlavhaga chiqarilgan mavzulardan tashqari ishsizlik mavzusi ham tilga olindi: Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga qaraganda, bu yil O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 16,5 foizga yetishi mumkin.

Ishsizlik nima? Ishsiz deganda kimni tushunamiz? Kishi ishlab turib ham ishsiz hisoblanishi mumkinmi? Suhbat, bir qarashda juda jo‘n ko‘ringan, shu savollardan boshlandi.

Mashina bozori mavzui esa, mana bu xabar bilan bog‘liq: joriy yil 1 avgustdan boshlab traktorlar, 10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari, yengil avtomobillar va yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalarini O‘zbekistonga olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi…

Suhbatni tinglang:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

OzodNazar: Arzonlashi kutilayotgan mashina bozori va Tarbiyaning nemischa usuli haqida