Hamburgda eng "katta" aeroport ishga tushirildi

Ole Christian Rousing olgan surat.

Kuni kecha Germaniyaning Hamburg shahrida dunyodagi eng katta kichkina aeroport ishga tushirildi. Yonma-yon kelgan antonim so'zlarga hayron bo'lmang. Hamburgdagi aeroport chindan ham shu kungacha qurilgan aeroport modellari orasida eng kattasidir.

Narxi 5 million AQSh dollari deyilayotgan ushbu "oyinchoq"ni qurishga olti yul sarflangan va u rostakam aeroportni to'lig'i bilan aks ettiradi. Bunga o'zingiz ishonch hosil qilishingiz uchun avval quyidagi videoni tamosha qiling.

http://www.youtube.com/embed/4_06qrFnvnw

Ushbu "liliputlar aeroporti" shu kungacha qurilgan aeroport modellarining eng kattasi va eng detallarga boyidir. O'zingiz ko'rganingizday, unda qo'nib va uchayotgan uchoqlar, avtomobillar, yoqilg'i tashuvchi mashinalar, avtobuslar va traplar huddi haqiqiyday yasalgan.

E'tibor bergan bo'lsangiz, "litiputlar aeroporti"da dunyodagi eng yirik aviashirkatlarning uchoqlari to'plangan. Kim biladi, balkim "O'zbekiston havo yo'llari" shirkatining uchog'i ham bir kun kelib ushbu aeroportga "qo'nar"... Chiqmagan jondan umid.

Hamburgdagi aeroport modeli "Miniatur Wunderland" [Mitti mo'jizalar maydoni tahr.] nomli shaharlar majmuasi modelining bir qismidir. O'z porti, avtobus va poyezd stansiyalariga ega bo'lgan "Miniatur Wunderland" endi o'zining aeroporti bilan ham tashrif buyurgan turistlarning ko'zini quvnatsa bo'ladi.