Lukoyl O‘zbekistondagi gaz koniga sarmoya kiritadi

Rossiyaning Lukoyl shirkati 500 million dollar hajmdagi sarmoyaviy kreditni O‘zbekistondagi Qandim va Hovzak-Shodi konlari samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaga kiritishni rejaladi.

Bu haqda xabar qilgan UzDaily.uz nashriga ko‘ra¸ Lukoyl xorij banklaridan Qandim va Hovzak Shodi konida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun kredit olmoqda.

O‘zbek konlari uchun kreditni Osië Taraqqiët banki¸ Islom Taraqqiët banki va yana to‘rt tijorat banki bermoqchi.

Loyiha kasod bo‘lmasligi uchun Osië Taraqqiët banki tarafidan sug‘urtalangani aytilmoqda.

Loyiha 2011 yilning uchinchi kvartalida amalga oshishi kutilmoqda.

Lukoyl Qandim va Hovzak-Shodi konidan olinadigan gaz taqsimoti yuzasidan 2004 yilda O‘zbekiston hukumati bilan shartnoma imzolagan.

2007 yil noyabrida Hovzak gaz ishlab chiqarish korxonasi ishga tushgan edi.