O'sh iyun voqealari arafasida...

O'shning qoq markazida joylashgan Sulaymon tog'idan shaharga ochiladigan manzara. Suratda Iyun qirg'inida yonib ketgan rangsiz uylarni ko'rishingiz mumkin.

Yuzlab inson yostig'ini quritgan, minglaganlarning uyi va biznesining kulini ko'kka sovurgan Osh va Jalolobod qirg'iniga ham bir yil to'ldi.

Iyun voqealaridan oldingi O'sh shahrini bugun o'shliklar ertakdagiday eslaydi... "Yosh to'lqin" tahririyati iyun voqealaridan so'ng tanib bo'lmas darajada o'zgargan O'sh shahrining oldingi qiyofasini tiklash niyatida yaratgan videolavhasini yana bir bor sizlarning e'tiboringizga havola etamiz.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

O‘sh iyun voqealari arafasida



"O‘shligim" qo‘shig‘ini Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamidillo Matholiqov ijro etgan. Musiqasi Mamirjon Shokirovniki. Matni Sotimxon Inomxo‘jayevniki. "O‘shligim" qo‘shig‘i ilk bor 1984 yili ijro etilgan.