Saida - yordamchi, Allamjonov - departament rahbari. Prezident administratsiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi

Saida Mirziyoyeva

25-avgust kuni O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati prezident administratsiyasining yangi tarkibini e’lon qildi.

Unga muvofiq prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlangan.

PAning sobiq rahbari Sardor Umurzoqov nomi yangi tarkibda yo‘q, avvalroq Prezident matbuot xizmati uning alohida topshiriqlar bo‘yicha prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlanganini xabar qilgandi.

Shu tariqa Ozodlikning prezident administratsiyasidagi o‘zgarishlar haqida 17- avgust kuni o‘z manbalariga tayanib tarqatgan xabari rasman tasdiqlandi.

Ozodlik manbalari yangilangan administratsiyada prezident yordamchisi lavozimi amalda prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tenglashtirilganini aytishgan.

20-avgust kuni e’lon qilgan yangi tuzilma buni tasdiqlaydi.

Ikkinchi odam

Shu tariqa 38 yashar Saida Mirziyoyeva prezident administratsiyasida otasi – Shavkat Mirziyoyevdan keyin ikkinchi odamga aylanmoqda.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Саида давлатда президентдан кейинги иккинчи одамга айланмоқда - манбалар

Bunga qadar administratsiyada uning rahbari lavozimida ishlagan PA rahbarining sobiq o‘rinbosari Komil Allamjonov esa prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga tayinlangan. Ozodlik manbalariga ko‘ra, ushbu lavozim Allamjonovni prezident administratsiyasida uchinchi odamga aylantiradi.

AOKA, Mass-media va PAda yonma-yon ishlagan Mirziyoyeva-Allamjonov tandemi prezident administratsiyasining yangi vertikalida yanada yuqorilagan.

PAning yangi tarkibidagi o‘zgarishlardan biri – Farg‘ona viloyatining sobiq so‘kong‘ich hokimi Shuhrat G‘aniyevning hukumatdan administratsiyaga o‘tgani bo‘ldi.

Bunga qadar bosh vazirning qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Shuhrat G‘aniyev Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Vakant bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Doniyor Qodirov tayinlangan.

25-avgust kuni e’lon qilingan PAning yangi tarkibida birinchi prezident Islom Karimov ma’muriyatining sobiq rahbari va yaqingacha Mirziyoyev administratsiyasi moliya-xo‘jalik bo‘limi rahbari Zelimxon Haydarovning nomi yo‘q.

Shuningdek, Karimov davrida prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan va so‘nggi yillarda prezident Xalq qabulxonasi rahbari Tursinxon Xudoyberganovning nomi ham keltirilmagan.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Манбалар: Сардор Умурзоқов президент администрацияси

Ularning ishdan bo‘shatilgani va yangi lavozimga tayinlangani haqida rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Oldinroq Prezident matbuot xizmati Sardor Umurzoqovning prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan chetlatilgani haqida Ozodlik 16-avgust kuni tarqatgan xabarni rasman tasdiqlagandi.

O‘tgan vaqt ichida Umurzoqov prezident ishtirok etgan rasmiy tadbirlar va xorijiy safarlarda ko‘ringani yo‘q.