Линклар

logo-print
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi dushanba kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona golga 78-daqiqada Qozog‘istonning “Aktobe” futbol klubida faoliyat yuritayotgan Timur Kapadze mualliflik qildi.

Ummon shahrida o‘tgan o‘yinda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoaga asosan yangi jalb qilingan futbolchilar maydonga tushirilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi 15 avgust kuni Iordaniya terma jamoasi bilan yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganidan so‘ng Toshkentga qaytadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlaridan asosiy maqsad 11 sentyabr kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida Janubiy Koreya jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlikdir.

Video: O'zbekiston-Iordaniya 1:0

XS
SM
MD
LG