Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:03

OzodWiki: O‘zbekcha Vikipediyada IShID to‘g‘risida maqola paydo bo‘ldi


“Islomiy davlat” janggarilari Iroqning Anbar viloyatida kamida 30 nafar sunniyni qatl etgani xabar qilindi.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hodisa 29 oktabr kuni Bag‘doddan 140 kilomter g‘arbroqda joylashgan Hit shaharchasida ro‘y bergan.

Anbar viloyati Kengashi raisi Sabah Korhout qatl qilinganlar Al-Bu Nimr qavmi vakillari bo‘lganini bildirdi. Bu qavm hukumat qo‘shinlari tarafida Anbar viloyatidan “Islomiy davlat” guruhini siqib chiqarish harakatlarida ishtirok etmoqda.

“Islomiy davlat” qatl uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q, lekin bu guruh janggarilari Iroq va Suriyada ommaviy qatllarni amalga oshirgan. Ular odatda qurbonlar boshlarini tanasidan judo qilib, ularni jamoat joylarida ko‘rgazmaga qo‘yib keladi.

Bu radikal “Islomiy davlat” guruhi bilan bog‘liq bugungi xabardir.

So‘nggi bir necha oy davomida mazkur guruh bilan bog‘liq yangiliklar kunda, kunora paydo bo‘lib turibdi. Mana Ozodlik shu kungacha yoritgan materiallardan bir nechasining sarlavhasi:

“Islomiy davlat” eng boy terrorchi guruh o‘laroq e‘tirof etilmoqda",

“Islomiy Davlat” janggarilari Suriyada parvoz mashqlari o‘tkazmoqda",

"Fransiya uchqichlari “Islomiy Davlat” janggarilariga hujum uyushtirdi",

"Islomiy Davlat" janggarilari livanlik askarni qatl etdi",

"Obama "Islomiy davlat"ga qarshi kurash strategiyasini e‘lon qiladi"

“Islomiy davlat” guruhi bilan bog‘liq Ozodlikda yoritilgan o‘nlab materialning bir nechasi sarlavhasini keltirdik.

Albatta, nafaqat Yaqin Sharq, balki butun dunyo tinchligiga tahdid solishi aytilayotgan mazkur guruh to‘g‘risida, u haqda yoritilgan barcha maqolalarni sinchiklab o‘qisangiz, to‘liq tasavvurga ega bo‘lasiz.

Lekin Sizdan ko‘p vaqt va katta mehnat talab qiladigan bu ishni O‘zbekcha Vikipediya qilib qo‘ygan:

O‘zbekcha Vikipediyaning IShID (Iroq va Shom Islomiy Davlati) to‘g‘risidagi maqolasi ba‘zilarga mukammal emas ko‘ringan bo‘lishi mumkin va bu tabiiydir. Maqolani yangi ma‘lumotlar bilan to‘ldirishga hamma, shu jumladan Siz ham hissa qo‘shishingiz mumkin.

OzodWiki – Ozodlik radiosining ilmiy-ma‘rifiy eshittirishidir.

Uning birinchi mavsumi joriy yil yanvarida boshlanib, mayda yakunlangan. Birinchi mavsum davomida O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflar 300%ga oshib ketgan edi, ya‘ni OzodWiki loyihasi ish boshlamay turib, O‘zbekcha Vikipediya bosh sahifasi 20 368 marta ko‘rilgan bo‘lsa, martga kelib bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 56 274 ga yetgan edi!

OzodWiki yozgi ta‘tildan 16 oktyabrda qaytdi va ikkinchi mavsumini boshladi.

XS
SM
MD
LG