Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:32

"El klassiko": Real - Barsa 0:2


Kecha Madridning Real klubi o‘z uyida Kataloniyaning Barselona jamoasiga 0:2 hisobida o‘yinni boy berdi.

Chempionlar ligasining yarim final o‘yinlari birinchi bosqichidagi “Barsa”ning bu g‘alabasiga Leonel Messining 77 hamda 85 daqiqalardagi dubli sabab bo‘ldi.

Uchrashuvning 61 daqiqasida Real himoyachisi Pepening o‘yindan chetlanishi va Ibrohim Afellayning 71 daqiqada zahiradan maydonga tushishi shundog‘am o‘yinda ustunlik qilayotgan “Barsa”ni tensiz raqibga aylantirdi.

Afellayning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pini dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri hisoblanmish Kasilyas oyoqlari orasidan o‘tkazib gol urgan Messi, o‘yin so‘ngida o‘ziga hos uslubda Realning bir qancha himoyachilarini dog‘da qoldirgan holda ikkinchi golini urdi va o‘yinga bir haftalik nuqtani qo‘ydi.

Yevrokuboklarda 50 yildan beri “Real” ustidan g‘alaba qozonolmagan “Barsa”ning bu g‘alabasi uning minglab muxlislariga Ispaniya kubogidagi mag‘lubiyat alamidan qutqardi.
XS
SM
MD
LG