Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

Muhammad Alayhissalom karikaturasini chizgan rassom mukofotlandi


Muhammad Payg‘ambarni hajv qiluvchi karikaturalar muallifi Kurt Vestergaart.
Muhammad Payg‘ambarni hajv qiluvchi karikaturalar muallifi Kurt Vestergaart.

"M100" nomli media-mukofot ta‘sischilari rassom Kurt Vestergaartga bu mukofotni "matbuot va fikr erkinligi yo‘lida sobitligi hamda o‘lim va zulm tahdidlari ostida demokratik qadriyatlar ustuvorligi yo‘lidagi matonatli kurashi uchun" bermoqda.


Germaniyaning Potsdam shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimining birinchi ahamiyatli jihati Muhammad Alayhissalomga karitkatura chizgan rassomning tadqirlanayotgani bo‘lsa, ikkinchi muhim jihati, bu marosimda rassomni qutlab, uning mehnatini olqishlab, shaxsan Germaniya kantsleri Angela Merkelning nutq so‘zlaganidir.

Kurt Vestergaart 2005 yilda Daniyadagi gazetalardan birida chop etilgan va musulmon olamining g‘azabiga sabab bo‘lgan 12ta karikaturaning muallifidir.

75 yoshli rassom Kurt Vestergaart Germaniyadagi "M100 Sanssouci Colloquium" anjumani tashkilotchilari tomonidan "matbuot va so‘z erkinligi hamda demokratik qadriyatlar himoyasi yo‘lidagi jasorati" uchun taqdirlandi.

Bir vaqtlar kommunistlar boshqaruvi ostida bo‘lgan sharqiy Germaniyada ulg‘aygan kantsler Angela Merkel marosimda qilgan chiqishida germaniyaliklar “erkinlik qanchali qadrli ekanini unutmasliklari kerak”ligini ta‘kidladi.

Sabina Sasse Vestergaartni taqdirlash marosimi tashkilotchilaridan biri :

- Kurt Vestergaart matbuot va fikr erkinligi timsolidir va ba‘zi insonlarning uni o‘ldirishni istayotgani noto‘g‘ridir. O‘lim bilan tahdid solish bizning madaniyatimizga ziddir. Shuning uchun biz bu huquqlar uchun kurashamiz. Haqiqiy demokratiyalarda fikrlar xilma-xilligi va bahsli masalalarni ko‘tarish imkoni bo‘lishi shart, dedi Sasse.

Sasse biror kishining jamoatchilik orasidagi bahsni o‘lim bilan tahdidi qilish orqali bostirishga urinishi insonlarga qarshi harakatdir, chunki, bunday tahdidlar madaniyat taraqqiyoti hamda jamiyat rivoji uchun to‘sqinlikdir, deya ta‘kidladi.

- Bunday mukofotning taqdim etilishi bizning jamiyatimizdagi yetakchilar uchun so‘z va matbuot erkinligi juda juda muhimligini ko‘rsatuvchi bir ishoratdir. Nima bo‘lishidan qat‘iy nazar biz bu huquq uchun qurol bilan emas, so‘z hamda mukofotlar quroli bilan kurashamiz, dedi Sabina Sasse.

Kurt Vestergaartning 2005 yilda musulmon davlatlar, siyosatchilar tomonidan keskin tanqidlar va yirik norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan karikaturalarida Payg‘ambari Muhammad Alayhissalom sallasiga bomba o‘rnatilgan holda tasvirlangan edi.

Bu karikaturalarining avvaliga Daniya gazetasi, keyin esa, bir necha internet nashrlarida ham chop etilgani nafaqat dunyo musulmonlari g‘azabiga, balki, Yevropa davlatlarining qator siyosatchilari va davlat rasmiylarining jiddiy e‘tirozlariga ham sabab bo‘lgan edi.

Odatan, bunday munozaralar xususida sukut saqlaydigan O‘zbekiston rasmiylari ham BMT da o‘tgan xalqaro tadbirda rasmiy Toshkent bu harakatlarni qoralashini bayon qtlgan edi.

Musulmon davlatlari va Yevropa davlatlarida bo‘lgan qator norozilik namoyishlaridan ba‘zilari qonli to‘qnashuvlarga ham aylanib ketgan edi.

Aksar musulmon davlatlaridagi diniy rahnamolar tomonidan o‘limga hukm qilingan Kurt Vestergaartni qahramon, deya mukofotlagan "M100 Sanssouci Colloquium" anjumani Yevropadagi 100 nafar yetakchi jurnalist, muharrir, muxbir va ijodkorning o‘ziga xos forumi bo‘lib, 2005 yildan beri har yili so‘z va matbuot erkinligi yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun yevropalik ijodkolarni mukofotlab keladi.
XS
SM
MD
LG