Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:01

Turkiy tilli ellar hamkorlik kengashi yig‘ilishi Islom Karimovsiz o‘tmoqda


Turkiy ellar kengashi yig‘inida Islom Karimovdan boshqa barcha turkiy tilli davlatlar prezidentlari qatnashmoqda.
Turkiy ellar kengashi yig‘inida Islom Karimovdan boshqa barcha turkiy tilli davlatlar prezidentlari qatnashmoqda.
15 sentyabr kuni Istanbulda Turkiy tilli ellar hamkorlik kengashi ta‘sis qurultoyi ish boshladi.

Bunday tashkilot tuzishdan maqsad Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Turkiy tilli ellar rahbarlari yig‘ilishi 90-yillar boshidan beri o‘tkazib kelinadi.

Ammo o‘tgan yilgi uchrashuvda Turkiy tilli ellar hamkorlik kengashini tuzish haqidagi qaror qabul qilindi.

Turkiya Prezidenti Abdulla Gul, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkmaniston Prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov va Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunboyeva qatnashaëtgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ishtirok etmayapti.

Bosh qarorgohi Istanbul shahrida bo‘ladigan Turkiy ellar hamkorlik kengashining Bosh kotibi lavozimini turkiyalik diplomat Xalil Akinchi egallashi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG