Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2023, Тошкент вақти: 06:16

O'zbeklar dunyo nigohida: Viza azoblari, go’zal Toshkent metrosi va xushmuomala o'zbeklar


Toshkentdagi Bunyodkor metro bekati
Toshkentdagi Bunyodkor metro bekati
Samarqand, Buxoro va Xiva kabi go‘zal shaharlari bor O‘zbekiston yiliga dunyoning har chetidan minglab turistlarni jalb etadi. Eskida turistlar sayohat davomida boshidan o‘tgan sarguzashtlarni kundalik daftariga tushirgan bo‘lsa, hozir zamonaviy texnika sharofati bilan turistlar o‘z taassurotlarini internetda blog va forumlarda qoldirishadi.

Ho‘sh, O‘zbekiston mehmonlari go‘zal davlatimiz va o‘zbeklar haqida nima deydi?

Tojikistondan O‘zbekistonga kelishni rejalashtirayotgan kanadalik Keysi yozadi:

“Markaziy Osiyoda sayohat qilishning eng qiyin taraflaridan biri bu viza olishdir. Kanada fuqarosi o‘zbek vizasini olish uchun O‘zbekistondagi sayyohlik shirkatidan (turagenstvo) taklifnoma olishi kerak. Taklifnomani olish ham juda qiyin, chunki o‘zbek sayyohlik shirkatlari internet orqali oddiy to‘lovlarni qabul qilishmaydi. Ularning alohida qiyin to‘lov tizimlari bor. Pulini to‘laguncha sarson bo‘lasan kishi”, deb yozadi Keysi.

Lekin, qo‘shimcha qiladi kanadalik sayyoh, bu muammoning yarimi. Chunki ikkinchi yarimi Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasida boshlanadi.

“Taklifnomani Dushanbedagi O‘zbekiston elchihonasiga jo‘natdik. Boshqa sayyohlarning aytishlaricha, o‘zbek konsuli juda ham jahli tez odam va rus tilida gapirmagan sayyohlarga baqirib berar ekan. To‘ldirish kerak bo‘lgan barcha xujjatlar ham yo rus yo o‘zbek tilida. Ingliz tiliga tarjiymalari yoq. Yaxshiyamki men elchixonaga tojik do‘stlarim bilan. Ularning yordami bilan vizaga kerakli xujjatlarni to‘ldirib, konsulga topshirdik.

Karpe Feline ismli amerikalik sayyoh esa o‘z blogida Toshkentga safarida boshidan o‘tgan sarguzashtlar haqida bayon qiladi:

“Guruximiz gid etakchiligida erta bilan mexmonxonadan chiqdik. Maqsadimiz eng dongi ketgan metro bekatlarini tamosha qilish edi. Gidninng gapiga quloq solib, eng yaqin metro bekatiga piyoda yurishga kelishdik. Gid va‘da qilgan 15-20 daqiqalik yo‘l yarim soatga cho‘zildi. Toshkenda piyoda bo‘lish juda qiyin, chunki yo‘llarni kesib o‘tish milliy sport turiga o‘hshaydi. Chunki boshqa sportdagi kabi yo‘l kesayotganda tez va chaqqon bo‘lishing kerak. Bo‘lmasam avtomobil tagida qolib ketishing mumkin. Har yo‘ni kesib o‘tganda esa bizning gid mollarini avtomobildan saqlashga uringan podachiga o‘hshaydi,” deydi Karpe Feline Toshkent avtomobil yollariga shikoyat qilib.

Toshkent metro bekatlari yoqib tushgan amerikalik sayyoh yarim soatlik piyoda yo‘ldan charchoqlarini unutadi:

“Bu shaharning metro bekatlari juda ham go‘zal. Biz beshdasida bo‘ldik. Har bir bekat alohida mavzuga bag‘ishlangan. Biri kosmonavtlarga, ikkinchisi paxtaga, uchinchisi adabiyotga. Hammasi ham go‘zal bezalgan. Guruximiz gidi boshidanoq bizni ogohlantirdi – Toshkent metro bekatlarini suratga tortish mumkin emas. “Nega?” degan savolimizga “metro bekatlari mudofaa tizimida strategik muximlikga ega”, degan javobni oldik. Bunchalik paranoya qayoqdan? Nahotki kommunizming qoldiqlari?”, deya taajjublanadi amerikalik sayyoh.

Toshkent nafaqat go‘zal shahar, balki unda yashaydigan odamlar ham go‘zal hulqga ega:

“Metroga vagoniga endi kirgan edik, chiroilik bir yosh qiz turib, hassa bilan yurishimni ko‘rib menga o‘z o‘rnini taklif qildi. Naqadar xushahloqlik! Buday yaxshi muamalani ko‘rib diling quvonadi”, deydi o‘zbek xulqidan suyungan amerikalik sayyoh.
XS
SM
MD
LG