Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:44

O‘zbekiston 600 ming tonnadan ziyod paxta tolasini sotuvga chiqarmoqchi


Jahonning uchinchi yirik paxta eksportchisidan biri sanalgan O‘zbekiston bu yil 600 ming tonnadan ziyod paxta tolasini sotuvga chiqarishini bildirdi.

O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Elyor G‘aniyev bu haqda Toshkentda o‘tayotgan paxta yarmarkasida ta‘kidladi.

Jahon bozorida paxta narxi oshgani tufayli O‘zbekiston chetga ko‘proq tola sotish harakatida. Bu yil O‘zbekistonda 1.1 million tonna paxta tolasi ishlab chiqarilishi kutilayapti.
Paxta etishtirish bo'yicha O'zbekiston dunyoda birinchi o'ntalikga kiradi. Paxta eksporti bo'yicha esa AQSh va Xnidistondan so'ng uchinchi o'rinda turadi.
O‘zbekiston har yili 3.5 million tonna paxta yetishtiradi, 1 million tonnadan ziyod tola ishlab chiqaradi. Uning asosiy xaridorlari Xitoy, Bangladesh, Eron, Pokiston va Rossiyadir.

G‘arbning yetakchi to‘qimachilik korhonalari O‘zbekistonda paxta yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalanilishi bois bu mamlakat paxtasiga boykot e‘lon qilgan.

O‘zbekistonlik inson huquqlari faollari Toshkentda boshlangan Xalqaro paxta yarmarkasi ishtirokchilariga ochiq xat yo‘lladi.

“O‘zbek paxtasini xarid qilar ekansiz, siz beixtiyor o‘zbek bolalarini paxta qullariga aylantirganlarga sherik bo‘lasiz va O‘zbekistonda korrupsiya rivojiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz”, deyiladi o‘zbekistonlik mustaqil huquq faollari guruhi yo‘llagan maktubda.

Bunday xatlar va bayonotlar har yili qilinadi. Afsuski hozirgi kungacha bular unchalik sama berayotgani yo'q. Aziz mushtariy, siz o'zbek bolalalrining paxta dalalarida ishlashiga nima deysiz?
XS
SM
MD
LG