Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:57

.Uz domendagi islomiy saytlar to‘sib qo‘yildi


O‘zbekiston hukumati islomning jamiyatdagi roli kuchayishidan tashvishda.
O‘zbekiston hukumati islomning jamiyatdagi roli kuchayishidan tashvishda.
O‘zbekistonda ayni Ramazon kunlari islom.uz, quran.uz kabi o‘nlab ommabop islomiy saytlarga kirish to‘sib qo‘yildi.

Islomiy saytlarning to‘silgani haqida 11 avgust kuni Ozodlik tahririyatiga o‘zbekistonlik dindorlardan biri xabar qildi:

"Sizlarnig Beelane haqidagi maqolangizni o'qib qoldim...Nafaqat Beelani balki TSHTT yani Tashtelecom internet tarmogi orqali ham sizlar ta'kidlab o'tgan ahborot saytlariga kirib bo'lmayapti. SHuningdek O'zbekiston ichida www.islom.uz va tezkor habar hizmati info.islom.uz umuman Ismol.uz hostingi ichidagi hech qaysi saytlarga kirib bo'lmayapti...Sababi mavhum.Shuningdek youtube video portalga umuman kirib bo'lmayapti...Ammo US, Japan, Korea va boshqa davlatlardan islom.uzga kirilyapti..", deb yozibdi Toshkentdan maktub yo‘llagan mushtariy.

Bu xabar ortidan 11 avgust kuni Ozodlik Toshkentdagi o‘z manbalari orqali O‘zbekistonda rasman ro‘yxatga olingan uz domenidagi islomiy saytlarga kirish imkoniyatini tekshirib ko‘rdi.

Toshkent vaqti bilan soat 14:00 poytaxtdagi Ozodlik manbalari ham uyidagi internet¸ ham mobil internet orqali uringanida¸ quyidagi saytlarga kira olmadi:

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga tegishli ekani aytiladigan www.islom.uz, www.islam.uz saytlari;

2. Qur‘oni karimning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdulaziz Mansur, Alovuddin Mansur, Dola Hindistoniy va Oltinxonto‘ra tarjima va tafsirlari joylashtirilgan www.quran.uz sayti;

3. “Hidoyat” jurnalining www.hidoyat.uz sayti;

4. Qur‘oni karimning o‘zbekcha tarjimasi joy olgan www.quran.ziyo.uz sayti;

5. Sof islomiy aqida haqidagi www.sof.islam.uz sayti;

6. Musulmonlar taqvimiga oid www.taqvim.islam.uz sayti;

7. Ko‘kaldosh madrasasining www.kukaldash.islam.uz sayti;

8. Halol yemaklar haqidagi www.halol.uz sayti;

9. Rossiya musulmonlarining www.islam.ru sayti.

Ozodlik manbalarining aniqlashicha, ushbu saytlarga kompyuter orqali ham, mobil internet yordamida kirishning ham imkoni yo‘q.

Shuningdek, Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ 14:30 da O‘zbekistondagi ommabop saytlardan www.uzdaily.uz, www.12.uz saytlariga ham kirish imkoni bo‘lmagan.

Uz domeniga ma‘sul bo‘lgan “Kompyuter hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” –UZINFOCOM tashkiloti xodimi Olimjon Umarov uz domenidagi saytlarning yopilish sabablarini shunday izohladi.

- Bu yerda ikkita muammo bo‘lishi mumkin. Birinchidan, sayt provayderlari bilan bog‘liq bo‘lishi va texnik muammo bo‘lishi kerak. Ikkinchidan¸ uz domeni bilan shartnoma muddati tugagan bo‘lsa, sayti yopilgan bo‘lishi kerak, dedi Olimjon Umarov.

“Hidoyat” jurnalining to‘sib qo‘yilgan www.hidoyat.uz sayti tahririyati saytga kirish imkoni hozirda yo‘qligini tasdiqlay turib¸ bu uz domeni bilan shartnomaning tugagani bilan izohladi.

- Ish faoliyatimiz davom etayapti. Prosto domen uchun shartnoma vaqti tugagan ekan. Shuning uchun saytimizning ish faoliyatini to‘xtatishgan vaqtincha. Xudo xohlasa¸ yana ish faoliyati qaytadan tiklanadi. Ba‘zi bir sabablarga ko‘ra vaqt bo‘lmayapti, imkon bo‘lmayapti. Ishxonamizda qurilish bo‘laëtgan edi. Shunga bunaqa narsalarga e‘tibor bo‘lmayapti. Shunga qolib ketayapti, dedi “Hidoyat” jurnalining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Soat 15:45da Uzdaily.uz sayti tahririyati bilan bog‘landik. Saytning o‘zini tanishtirmagan xodimi 10 avgust kuni Uzdaily.uz sayti haqiqatdan ham ishlamaganini, biroq 11 avgust kuni sayt normal holatda ishlayotgayotganini aytdi.

- Hozir uchta provayderdan tekshirdim. Uchalasidan ham ishlayapti. 15 minut oldin tekshirdim. Ishlayotgan edi. Kecha ishlamayotgan edi. Bugun ishlayapti.

Ozodlik: Kecha nimaga ishlamadi?

- O‘zbekistonda internet bilan muammolar bo‘lgani uchun ishlamadi. Bizlarning saytimiz tashqarida joylashgan. O‘zbekistonda internet bilan sal muammolar bo‘ldi, shuning uchun ba‘zi paytlari ochilgani yo‘q. Hozir to‘g‘rilanganday bo‘lishdi, menimcha ishlayapti hamma sayt, dedi Uzdaily.uz sayti xodimi.
XS
SM
MD
LG