Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 11:03

Rostovda 20 nafar noqonuniy o‘zbek muhojiri qo‘lga olindi


Rossiya politsiyasi noqonuniy migrantlarni aniqlash maqsadida Rostov viloyatining Martinovsk tumanidagi g‘isht zavodida o‘tkazgan reyd paytida 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

“Yujniy Region” agentligining 16 avgust kungi xabariga ko‘ra, g‘isht zavodi direktori va o‘rinbosari o‘zbekistonlik noqonuniy mingrantlarga boshpana berib, ulardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalangan.

Rostov viloyati IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, tekshiruv natijasida migrantlarning aksarida O‘zbekiston pasporti bo‘lgani, qolganlari hech qanday hujjatga ega bo‘lmagani aniqlangan.

Qo‘lga olingan shaxslarni O‘zbekistonga deportatsiya qilish uchun ularning ishi Rossiya Migratsiya xizmatiga topshirilgan.

Zavod rahbariyatiga qarshi noqonuniy migratsiya uyuushtirganlik bo‘yicha jinoiy ish ochish masalasi ko‘rilmoqda.
XS
SM
MD
LG