Nyu York shtati prokuraturasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi sobiq rahbari Dominik Stross-Kanga nisbatan qo‘yilgan barcha ayblov olib tashlanishini so‘rab sud hay‘atiga murojaat qildi.
62 yoshli Dominik Stross-Kan Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasi, afrikalik muhojir ishchi Nafisat Dialloni jinsiy zo‘rlashga urinishda ayblangan va bu ayblovlar ortidan vazifasidan iste‘fo bergan edi.
U may oyida Nyu Yorkdagi Rikers-Aylend deb nomlangan qattiq tartibdagi qamoqxonada hibsda ushlanib, garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgandi.
So‘nggi haftalarda 32 yoshli Nafisat Dialloning Dominik Stross-Kanga qarshi bergan ko‘rsatmalari jiddiy shubhalarga sabab bo‘ldi.
Prokurorning so‘rovi yuzasidan sud bugun qaror chiqarishi kutilmoqda. Agar Stross-Kanga nisbatan ayblov olinadigan bo‘lsa, u vatani Fransiyaga qaytishi mumkin.